Santallar
Santallar — Hindistondagi munda guruhiga mansub xalq. Umumiy soni 6,3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, Bihar shtati va G’arbiy Bengaliya (6,2 million kishi)da, shuningdek, Bangladesh, Nepal va Butanda yashaydi. Santal tilida so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan, bir tshemi — hinduizmga e’tiqod qiladi. Santallar — dehqonchilik, hunarmandchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi.
O‘xshash so‘zlar
- SANTANDER
- SANTANDER (SANTANDER) FRANSISKO DE PAULA
- SANTI…
- SANTIMETR
- Santimetrli to’lqinlar
- SANTO-DOMINGO
- SANTU-ANDRE
- Santur, santuri


