Sekret

Sekret, ajratma, shira – odam va hayvon organizmidagi maxsus bezlar ishlab chiqarib, ajratadigan moddalar. Organizmning me’yorli hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. U ichki (gormonlar) va tashqi sekretlarga bo’linadi. Bularga fermentlar, gormonlar, teri yog’lari, sut misol bo’ladi.