Shamsharov Yo’ldosh

Shamsharov Yo’ldosh (1907 Chust tumani olmos qishlog’i — 1987, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1970). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1933). «Yosh leninchi» gazetada mas’ul kotib (1933-34), «Lenin uchquni» gazetada muharrir (1934-37), «Qizil O’zbekiston» gazetada mas’ul kotib, bo’lim mudiri (1938-41; 1955— 62), O’zbekiston KP MK matbuot sektori mudiri (1941— 44), O’zbekiston davlat nashriyoti direktori (1944-47), «Sharq yulduzi» (1963-64), «Guliston» (1964-69) jurnallarida muharrir. «Paxtaqaynar» (1959), «qahramonlik yo’li» (1960), «G’urumsaroyliklar» (1962), «Oshiqlar» (1969), «inson qalbi» (1969) ocherklar to’plamlari, «chiroq» (1971) romani, «Hayot taqozosi» (1974), «Navbahor qissasi» (1975), «Ishq o’ti» (1978) ki- toblari muallifi. I. S.Turgenevning qator qissa va romanlarini, D.Defoning «Robinzon Kruzo» va boshqa mashhur yozuvchilarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.