SHARIFBOY MADRASASI
SHARIFBOY MADRASASI – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (18- asr). Madrasa mudarrisi Sharifxo’ja qurdirgan. Madrasa uncha katta emas, to’g’ri to’rtburchak tarhli. Bosh tarzi markazidagi peshtoqdan miyonsaroy orqali kichik hovliga chiqiladi. Hovli atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. G’arbida peshayvonli masjid bor.
O‘xshash so‘zlar
- Sharifxo’jayev Murod
- Sharik qo’zg’oloni
- Sharipov Husan
- Sharipov Jumaniyoz
- SHARIPOV LATIF KARIMOVICH
- Sharipov Solijon Shokirovich
- Sharipov Xusniddin
- Sharipov Yo’ldosh


