SHIALIK

SHIALIK (arab. guruh, tarafdorlar) — islomdagi ikki asosiy yo‗nalishdan biri. O’zining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi o’rinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Shialik VII asr o’rtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo bo’lgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia so’zining to’liq shakli ―shi‘at Ali (―Ali partiyasi) bo’lib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yo’nalishga aylangan. Shialik avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan bo’lsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli o’ziga xos jihatlar paydo bo’ldi. Buning natijasida Shialik ham mustaqil oqim sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Shialikda musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad (s.a.v.) avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron bo’lish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning ta‘limotiga ko’ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida o’tadi. Imomlik payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi.