Shyaulyay

Shyaulyay (1795 yilgacha Saule, 1917 yilgacha rasmiy nomi Shavli) — Litvadagi shahar (1569 yildan). Temir yo’l chorrahasi. Aholisi 146,5 ming kishi (2000). Shahar 15-asrdan ma’lum. Yirik korxonalari: velosiped, televizor, stanoksozlik, elektr konstruktsiyalar ishlab chiqarish, shina ta’mirlash, ko’n zavodlari; oziq-ovqat sanoati (go’sht, sut, non-makaron, pivo kombinatlari) korxonalari, uysozlik kombinati, trikotaj, ko’nattorlik, noto’qima materiallar fabrikalari, qandolat, ko’npoyabzal, mebel ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Pedagogika instituti, teatr, «Aushra» tarixetnografiya muzeyi, fotografiya muzeyi mavjud. Me’moriy yodgorliklardan Uyg’onish davri Pyatro ir Povilo kostyoli (1595— 1625) saqlangan. 1976 yilda shahar markazida piyoda yurib sayr qilinadigan zona tashkil qilingan. Jamoat binolaridan Madaniyat saroyi va boshqalar bor.