Sirt

Sirt (matematikada) — fazoning ikki qo’shni sohasidagi umumiy qism; geometriyaning asosiy tushunchalari- dan biri. Maktab geom. kursida FA- kat tekislik, ko’pyoklik va ayrim egri S.lar qaralib, ularning har biri anik, shartlar asosida ta’riflanadi. Mas, shar sirti berilgan nuktadan biror aniq masofadagi nuqtalar to’plami deb qaraladi. Matematik jihatdan S.ning kat’iy ta’rifi topologiya tushunchala- riga asoslanadi; bunda sodda S. tushun- chasi asosiy rol o’ynaydi. Sodda S. de- ganda, uzluksiz deformasiya (cho’zilish, qisilish, egilish)ga uchragan oddiy te- kislik bo’lagini tasavvur etish mumkin. Mas, kvadrat ichki yuzlarining gomeo- morf (ya’ni o’zaro va uzluksiz) aksi soda S.dir. Yarim sfera ham sodda S.ga misol bo’ladi. Lekin butun sfera sodda S. bo’la olmaydi. Bunda muntazam S. tushunchasi- dan foydalaniladi. Muntazam S. — har bir nuk,tasining etarlicha kichik atrofi sodda S. bo’lgan sirtdir. Differentsial geomet.da muntazam S.lar tekshiriladi, ularning silliqligi (ya’ni har bir nuqtasida aniq urinma te- kislikning mavjudligi) va anik, egri- likka egaligi aniklanadi. Analitik geometriya b-n algebraik geom.da S. ko- ordinatalari v|/ (x, u, z)=0 shaklidagi tenglamani kanoatlantiruvchi nuqtalar to’plami sifatida ta’riflanadi. Bunday ta’riflangan S. oddiy tasavvur qilib bo’lmaydigan geometrik obrazni ham aniqlashi mumkin. Mas, x2+y2+z2+1 =0 tenglama mavhum sferani ifoda etadi, chunki haqiqiy fazoda koordinatalari shu tenglamani qanoatlantiruvchi bitta xam nuqta yo’q.