Sirojiddinov Sa’di Hasanovich
Sirojiddinov Sa’di Hasanovich (1920.10.5, Qo’qon 1988.29.4, Toshkent) — matematik olim va jamo- at arbobi, O’zbekiston FA akad. (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1971), fizikamat.fanlari D-ri (1953), prof. (1956). O’rta Osiyo un-tini tugatgan (1942). Moskva un-tida kat- ta ilmiy xodim (1953-56). O’rta Osiyo un-tida prof. (1956 y.dan). 1958 y.dan. kafedra mudiri. O’zbekiston FA Mate- matika in-ti direktori (1957 -67), ToshDU rektori (1966-70; 1983-87), O’zbekiston FA viseprezidenti (1970— 1983). Ilmiy ishlari ko’p o’zgaruvchili klassik ko’phadlarning muhim xossa- lariga bag’ishlangan. S.ning Markov zanjirlari uchun limit teoremalarni umumlashtirish va asimptotik yoyilma- lar sohasidagi tadqiqotlari 50y. larda Toshkent mat. maktabining yanada yuksali- shiga olib keldi. S. ehtimollar nazariyasi sohasidagi yutuqlarni matematik statistikaga qo’lladi. 60y.larda S. va uning shogird- lari o’zaro bog’liq bo’lmagan va Markov zanjirini tashkil qiluvchi tasodifiy miqdorlar hamda tasodifiy vektor- lar yig’indisi uchun limit teorema- lariga doir muhim masalalarni hal qiddilar; shu masalalar b-n bog’liqtekis baxrlashlarga oid tadqiqotlari kat- ta tatbiqiy ahamiyatga ega. S. ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi, statisti- kaning turli sohalari, stasionar ja- rayonlar nazariyasi va b. sohalarda ham keng ko’lamda tadqiqot olib borgan. O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy mero- sini o’rganishda, O’rta Osiyo, ayniqsa, O’zbekiston uchun yuqori malakali Mate- matik mutaxassislar tayyorlashda S.ning xizmatlari katta. S, shuningdek, yosh ma- tematiklar maktabini tashkil etish, Re- spublika yosh matematiklar olimpiadasi- ni o’tkazishda muayyan hissa qo’shgan. S. Bernulli nomidagi xalqaro Mate- matik statistika va ehtimollar nazari- yasi jamiyati (Gollandiya)ning haqiqiy a’zosi (1966). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973), «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2002). As: Predelnie teoremi dlya Mar- kovskix prosessov, T., 1955; kompleks o’zgaruvchining funktsiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Additivnie za- dachi s rastutshim chislom slagaemix, T., 1975 (hamkorlikda).