Sirojiddinov Burhon Hasanovich

Sirojiddinov Burhon Hasanovich (1917.24.12, Konibodom 1994.9.4, Toshkent) — generalleytenant (1982). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi (1990). 1939 y.dan armiya safida. Frunze (hoz. Bishkek) ped. in-tini (1939), Moskvadagi harbiy intni (1953) tugatgan. 2-jahon uru- shida Markaziy, G’arbiy, Belorussiya, 2Belorussiya frontlarida jang qilgan. Toshkentda joylashgan artilleriya bilim yurtida o’qituvchi (1946-49). O’zbekiston mahalliy havo hujumidan himoya qilish xizmati shtabi boshlig’i (1953— 60). Ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarida diviziya komandiri (1960-79), ichki ishlar vazirligi oliy harbiy kursi boshlig’i (1985-89). Urush faxriylari Toshkent sho»basi raisi (1989 y.dan).