Sirojiddin Sayyid
Sirojiddin Sayyid (taxal- Lu si; asl ism-sharifi Saidov Siro- jiddin) (1958.30.10, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlog’i) — shoir. Toshkent un-tining jurnalistika ftini tugat- gan (1979). «Toshkent oqshomi» (1980— 89), «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» (1989-90; 1991-96) gaz.lari va «mush- tum» jur.da (1990-91) adabiy xodim, bo’lim mudiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvida rais o’rinbosari (2001-03), birinchi o’rinbosari (2003 y.dan). Ilk she’rlar to’plami — «Ruhim xaritasi» (1985). Shundan keyin uning «Salqin xarsanglar kaftida» (1987), «Sevgi mamlakati» (1989), «asragil» , «Mexr qolur, muhabbat qolur» (1990), «Kuydim» (1994), «Vatanni o’rganish» (1996), «Vatan abadiy» (2001) va b. to’plamlari nashr etilgan. S.S. she’ri- yatida o’zbek mumtoz she’riyati an’ana- lari b-n birga xalq og’zaki ijodiga xos xususiyatlar — xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasi- ga xos leksik va musiqiy tovlanishlar etakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat she’rlari ashulaga aylangan. Ayni paytda S.S. o’z ijodida o’zbek she’riyatining so’nggi badiiy yutuKla- rini o’zlashtirgan holda hoz. voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz be- rayotgan o’zgarishlarni aks ettirmoqda. «Do’stlik» ordeni b-n mukofotlangan (1999). Ac: ustimizdan o’tgan oylar, T., 2003.