Siroj Hakim, Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy ibn hoji Mirzo Abdurauf
Siroj Hakim, Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy ibn hoji Mirzo Abdurauf (1877.23.10, Buxoro 1914.17.1) ma’rifatparvar olim va shoir; tabib, sayyoh. Yirik savdogar oilasida tug’ilgan. Fors, Arab, frantsuz va rus tillarini mukammal bilgan. Texrondagi Amerika tibbiyot kolleji va Bern un-ti (Shvey- tsariya) tibbiyot ftida o’qigan. 1902-09 y.larda u Evropa va Sharq mamlakatlari- ga 3 marta sayohat qilgan. Tehronda Ame- Rika tibbiyot kolleji va shifoxonasida ishlagan. Buxoroga kaytgach (1909 y.dek.), bu erda evropacha usuldagi shifoxona ochib, uni xorijdan keltirilgan tibbiy uskunalar b-n jihozlagan. Ko’p yillik sayohatlari natijasida yaratgan «Tuhfai axli Buxoro» («Buxoro axliga tuhfa») asarida Usmonli turk sultonligi, Eron, Afg’oniston, Hindiston va Evropa mam- lakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, madaniy hayotni tasvirlagan. S.H. o’zbek va tojik tillarida g’azal, qasida, muxammas va ruboiylar yozgan. 200 dan ortiq she’rlari kiri- tilgan 2 ta to’plam va «Tuhfai axli Buxoro» asarining qo’lyozmasi Toshkent- dagi Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanadi. Ad.: Qori Rahmatulloh Buxoriy [Vozeh], Tuhfat ul ahbob Fi Tazkirat ul ahbob, Buxoro, 2001; Nizomiddinov I.,Sayyohlarning yozganlari, T., 1960.