Skiflar podsholigi, skiflar davlati

Skiflar podsholigi, skiflar davlati — shim. Kora dengiz bo’ylarida tashkil topgan ko’chmanchi qabilalarning konfederativ siyosiy uyushmasi (mil. AV. 4-a.ning o’rtasi — mil. 3-a.ning 2-yarmi). Yunonrim man- balarining xabar berishicha, Skifiya hududi 3 qismga bo’linib, ularning har biri mustaqil qabila — podsholik bo’lib, ularning o’z to’dasi va harbiy qabila sardori bo’lgan. Qabila — podsho- lik qoshida oqsoqollar kengashi bo’lib, u qonun chiqaruvchi oliy organ vazifasini bajargan. Uning huquqiy doirasi chek- siz bo’lib, qabila sardorini jazolashi va hatto o’limga maxkum etishi mumkin bo’lgan. Podsholik harbiydemokratik asosda boshqarilgan. Qabilaviy siyo- siy uyushmalar tepasida Gerodot xaba- riga ko’ra, «skif podsholari» turgan va ular skif fuqarolariga qul sifatida qaragan. Mil. AV. 5-a.da skiflarda mulkiy tabaqalanish jarayoni jadal kechayot- gan bo’lsada, ammo, ijtimoiy hayotda hali ibtidoiy jamoachilik an’analari hukmron edi. Mil. AV. 4-a. o’rtalarida skif sardorlaridan atey barcha skif qabilalarini o’ziga bo’ysundirib pod- sholik barpo etgan, lekin u mil. AV. 339 y. makedoniyalik Filipp II b-n bo’lgan jangda halok bo’ladi. Atey davrida quyi Dnepr bo’ylarida Skifiyaning poytaxti qurilgan edi. Sarmatlarning siquvi b-n mil. AV. 3-2-a.larda poytaxt Qrim ya.o.ga ko’chadi (q. Neapol, Skiflar Neapoli). Aynan shu vaqtlarda S. p. Qora dengiz bo’ylaridagi yunon shahar-davlatlari b-n iqtisodiy va madaniy aloqalarni ku- chaytiradi. Ammo, skiflar yunon shahar- davlatlari ustiga xarbiy yurishlar ham uyushtirib turadilar. Mil. AV. 2-a. oxi- rida yunon shahar-davlatlari b-n bo’lgan navbatdagi harbiy to’qnashuvlardan birida skif podsholaridan Skilur va Palaklar halok bo’ladilar. Ammo, S p. harbiy jihatdan hali qudratli edi. Ular b-n hatgo Rim imperiyasi milodning boshlarida ham hisoblashishga majbur edi. Mil. 1-a.ning 2-yarmida S. p. pod- sholar Farzoy va Inismey davrida yana kuchayib, Bospor podsholigi b-n bir necha marta urush qilgan. S. p.ning qudrati to mil. 3-a.ning 2-yarmigacha uz mavqeini sa- Klab keldi, so’ngra S.p. gotlar tomonidan tormor etilgan. Ahmadali Asqarov.