Skipidar
Skipidar — terpen uglevodo- rodlaridan iborat murakkab aralashma (q. Terpenlar). Rangsiz, tiniq, uchuvchan, o’ziga xos hidli suyuklik. Qaynash t-rasi 153-225°, zichligi 850-870 kg/m3. Suv- da erimaydi, ko’pgina organik erituvchi- lar b-n har qanday nisbatda aralashadi. Yonuvchan; havoda, ayniqsa, yorug’likda OK- sidlanadi va quyuklashadi. Kislotalar va issiqdik ta’sirida oson izomerla- nadi va polimerlanadi. Igna bargli da- raxtlardan suv bug’i ishtirokida haydash, yog’ochni quruq xaydash yoki erituvchilar b-n ekstraktsiyalash yo’li b-n olinadi. Lok, bo’yoq, yog’larni eritishda, kamfora sintezida, tibbiyotda va b. sohalarda ish- latiladi.