SKOLIYALAR, qovoqarilar
SKOLIYALAR, qovoqarilar (Scoliidae) — pardaqanotlilar turku- miga mansub hasharotlar oilasi. Eng yirik (ulkan qovoqarining uz. 45 mm gacha) va kuchli pardaqanotlilar. 450 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchilik turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. O’rta Osiyo hududida 20 ga yaqin turi uchray- Di. Urg’ochisi tuproq, go’ng yoki chiriyot- gan daraxt po’stlog’i ostidan plastinka mo’ylovli qo’ng’izlar qurtlarini qidirib topib, ularni nashtari yordamida falaj- laydi va qurt tanasiga tuxum qo’yadi. Tu- xumdan chiqqan qurt qo’ng’iz qurti gemo- limfasi va to’qimalari b-n oziklanadi. S. zararkunanda qo’ng’izlar qurtlarini qirib, q.x.ga foyda keltiradi.