Sof milliy mahsulot

Sof milliy mahsulot – mu- ayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil) da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YaMM)dan tarkibiga tegishli davrda iste’mol etilgan asosiy kapi- tal qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. S.m.m. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Na- zariy jihatdan olganda S.m.m xo’jalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YaMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda S.m.m. hisobkitoblaridan YaMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa iste’- mol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bog’liq.