Sorlar
Sorlar (Buteo) — qarchig’aylar oi- lasiga mansub qushlar urug’i. 25 turi bor. Evrosiyoda, Afrika va Amerika kit’ala- rida, Madagaskar va Gavayya orollarida tarqalgan. O’rtacha kattalikda, uz. 28 sm dan 70 sm gacha, vazni 140 g dan 2 kg gacha. Qanotlari va dumi keng. Patlari ko’proq sariq va malla rangda. O’rmon, dasht va tog’li hududlarda hamda tundrada yashay- Di. Uyasini daraxtlar, kryalar, jarliklar va erga quradi. Qulay joyga qurilgan uyalardan har yili foydalanadi. 2-4 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini ko’proq modasi bosadi. Inkubasiya davri 30-40 kun% Bolalarini uyada 45-55 kun boqadi. Asosan, keng tarqalgan kemiruvchilar, ayrim turlari kaltakesak, ilon, quyon, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Oziq kam bo’lgan yillari S. bolalari o’rtasida kannibalizm kuzatiladi, ya’ni katta yohdagi bolalari kichigi va nim- jonini eydi. S.ning 2 turi xalqaro ta- biatni muhofaza qilish Ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.