Sohibqiron

Sohibqiron-1. Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini to’sishi paytida tug’ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz – Zuhro va Mushtariy sayyoralari bir-birlariga yaqinlashgan paytda tug’ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga ko’ra, bunday odam baxtli, ulug’ martabali bo’lishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning Sohibqiron deb atalishi ham shundan. Sohibqiron so’zining asl ma’nosi “baxtiyor podshoh”, “qudratli podshoh” demakdir. 2. Sharq mamlakatlarida obro’li, g’olib podsholarga berilgan unvon. O’rta Osiyoda dastlab Amir Temurga shunday unvon berilgan.