SOVUQ URUSH

SOVUQ URUSH — ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan, g’arb davlatlari bilan sotsialistik mamlakatlarning o’zaro dushmanlarcha bo’lgan siyosatni ko’rsatish uchun qo’llangan atama. Sharq va G’arb mamlakatlariga nisbatan (1945 – 1991-yillar) qarama-qarshilik, bir-biriga dushmanlik, o’zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich. ―Sovuq urush ingliz davlat arbobi U.Cherchillning 1946-yilda AQSHning Fulton shahrida so’zlagan nutqidan boshlab e‘lon qilingan. Cherchill aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirgan edi. ― Sovuq urush uchun kuch ishlatish xavfini solish, gegimonlikka intilish, qo‗poruvchilik faoliyati olib borishga urunish, qurollanish poygasini va harbiy tayyorgarlikni butun choralar bilan tezlashtirish, agressiv bloklar va ittifoqlar tuzish, ―psixologik urush‖ xarakteridagi targ’ibotlarni avj oldirish xarakterlidir. Yadro quroli «sovuq urush» vositasi bo’ldi. 1962-yildan keyin ―sovuq urush holatidan chiqish tendensiyasi yuzaga keldi. 1963-yil iyulida Moskva va Vashington (bevosita Kreml va Oq uy) o’rtasida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytda aloqa qilishi mumkin bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri telefon liniyasi o’rnatildi. Bu bir-biriga bo’lgan ilk o’zaro ishonch edi. 1985-yil AQSH va SSSR o’rtasida strategik jihatdan tenglikka erishildi. Agar 1965-yil yadro kallaklari soni bo’yicha nisbat 10:1 ni tashkil etgan bo’lsa, 1985- yilda u 11:10 ga teng bo’ldi. Ayni paytda SSSR strategik hujum qurollari borasida ilgarilab olgan edi. Jahondagi umumiy ahvol ―Sovuq urush‖ning butunlay o’zgardi. Endilikda so’zsiz g’alaba qozonish mumkin bo’lgan biror tomon ortiqcha ustunlikka ega emas edi. Urush har ikki tomon uchun bir-birini qirib tashlashni anglatardi. Ikki hukmron davlat o’rtasida raketa-yadro qurollarini qisqartirish to’g’risida muzokaralar boshlandi, chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo’qotdi. 1987-yil SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning AQSHga tashrifi chog’ida kichik va o’rtacha olislikdagi raketalarni yo’q qilish to’g’risida Shartnoma imzolandi. Ushbu Shartnomaga ko’ra Sovet tomoni 1572 ta, amerikaliklar esa 599 ta raketani yo’q qildilar. Shuningdek, strategik hujum qurollarini 50 foiz qisqartirish to’g’risidagi kelishuvga ham erishganligini qayd etish lozim. Har ikki tomon qirg’in qurollarini de‘montaj qilishga kirishdi. AQSH prezidenti J.Bush 1991-yil yanvarda Kongressga yo’llagan murojaatnomasida sovuq urush» tugaganligini e‘lon qildi. Bu to’g’rida yanada oldinroq, 1990 yil Londonga yig’ilgan NATO yetakchilari ma‘lum qilgan edi.