Petrushka

Petrushka (Petroselinum L.) – so- yabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o’t o’simliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — O’rta dengiz bo’ylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Bi-rinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Bargla- ri 3 marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili o’simlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan Chan- glanadi, to’pguli — soyabonsimon. Urug’i mayda. P. sovuqqa chidamli, namsevar va yorug’talab o’simlik; 3-5° da urug’i unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yog’, shuningdek, efir moylari, S,A,VR V2, Vita-minlar va b. bor. P.ning ildizi, bargi va faqat bargi iste’mol etiladi- gan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foy- dalaniladi. Bargi iste’mol etiladigan turining ildizi ingichka va ser-tarmoq. P. urug’i erta bahorda yoki kech kuzda sabzi kabi sepiladi. Oshko’k si-fatida ishla- tiladi. O’zbekistonda P.ning Nilufar va ildizmevali saxarnaya navlari ekila- Di. Ad:. Bo’riev X.Ch., Abdullaev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987.