Sovuqlik qutblari
Sovuqlik qutblari – yer sharida havo harorati eng past bo`lgan joylar. Verxoyansk-Oymyakon Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbidir; bu yerda mutlaq harorat -70 daraja, yanvarning o`rtacha harorati -50,5 darajaga yetadi. Sharqiy Antarktidadagi «Vostok» stansiyasi atrofi janubiy yarim sharninggina emas, balki butun planetaning sovuqlik qutbidir – bu yerda mutlaq minimum harorat -88,3 darajaga, yillik o`rtacha harorat esa -55 darajaga teng bo`lgan.
O‘xshash so‘zlar
- Sovuqlik qutbi
- Sovuqlik eltuvchi
- Sovuqlayin egilgan
- Sovuqlik ishlab chiqarish
- Soy
- Soylik
- Soztuproq
- Speleologiya





