Sport tasnifi

Sport tasnifi — sport un- vonlari va sport razryadlarini berish tizimi. Milliy va xalqaro st. mavjud. Unvon va sport razryadlari sportchilarga sport mahorati va rasmiy musobaqalarda ko’rsatgan natijalari asosida berila- Di. Respublikada sport mahorati dara- jasini baholashning yagona tizimini ta’minlash uchun yagona sport tasnifi (YAST) joriy etilgan. Yagona S.t. bo’yicha I, II, III kattalar va yoshlar razryadla- ri, xalqaro miqyosdagi sport ustasi va O’zbekiston Respublikasi sport ustasi unvonlari beriladi. Sport ustozlari, yo’riqchiuslubchilar, rahbar xodimlar- ning ish natijalari O’zbekiston Re- spublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport ko’mitasining «jismoniy tar- biya va sport xodimlari mehnatiga haq to’lash normativlarini takomillashti- rish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq baholanadi.