Sport ustozi

Sport ustozi, trener jismoniy tarbiya murabbiysi — sportning mu- ayyan turi bo’yicha mutaxassis. U sport jamiyatlarida, bilim yurtlarida va b. joylarda sportchilarning mashkdariga rahbarlik kiladi; sportchilar va sport jamoalarining to’g’ri jismoniy rivoj- lanishi, sportda kamolotga erishishi va tarbiyasi uchun javob beradi. Sport ustozlari, asosan, jismoniy tarbiya intlarining sport ftlari va trenerlik maktablarida tayyorlanadi. Xalqaro va b. nufuzli musobaqalarda yuqori nati- jalarni qo’lga kiritgan sportchilar va jamoalarni tayyorlaganlik uchun faxriy sport unvonlari beriladi. Jumladan, mamlakatimizda «O’zbekiston Respubli- kasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni ta’sis etilgan (1996 y. 26 apr.).