Standart

Standart (ing. standard — me’yor, namuna, o’lcham) — keng ma’noda — boshqa ob’ektlarni taqqoslash uchun dastlab- ki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan ob’- ektga qo’yiladigan va vakolatli organ- lar tomonidan tasdiqlangan me’yorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi me’yo- riytexnik hujjat. S. inson faoliyati- ning barcha sohalari: fan, texnika, sano- at, qishloq xo’jaligi., ishlab chiqarish, qurilish, transport va b. ga taalluqli. Ko’llanish sohasiga qarab, davlat Stan- darti (O’zbekiston Respublikasi vazir- lar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoklar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlash- malar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga bo’linadi. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari bo’yicha Respubli- ka, viloyatlar va b. ga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun S.larni qo’llash majburiy. Vazifasiga qarab, S. quyidagi turlarga bo’linadi: umumtex- nik va tashkiliymetodik qoida hamda me- ‘yorlar; mahsulotga qo’yiladigan umumiy talablar, ko’rsatkichlar, sifat me’yorla- ri, ekspluatasion xossasi va texnik taf- siloti, tarmoklararo ishlatiladigan bir jinsli mahsulotlar guruxini nazo- rat qilish usuli; fizik kattalik birli- klari va b. Bularni qo’llash natijasida mahsulotlarning sifati oshadi, detal- larni birxillashtirish va o’zaro Alma- shuvchanlik darajasini oshirishga imkon tug’iladi, i. ch. jarayonlarini avtomat- lashtirish osonlashadi, mahsulotlardan foydalanish va ularni ta’mirlash sama- radorligi oshadi, mahsulot qaysi korxo- nada ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar istalgan joyda ishlataveriladi va b. O’zbekistonda S.lar O’zbekiston Respu- blikasi «Uzstandart» agentligi (Respu- blika metrologiya xizmatlari ko’rsatish agentligi) tomonidan belgilanadi.