Suv osti kemalari suv ichida qancha turadi?

Suvosti kemalari xuddi nahang baliqlarga o’xshab suv tagida ancha uzoq muddat suzishi mumkin. Biroq bunday muddat payti kelib tugaydi va kema tashqariga qalqib chiqadi. Kemaning suv ostiga cho’ykishi kislorodning yetarli ekanligiga va ekipaj (xizmatchilar)ning miqdoriga bog’liq. Kema suv ostida harakatlangan paytlarda elektrodvigatel yordamida ishlaydi. Lekin o’z akkumulyatorlarini zaryadlash elektr toki yig’ib olish uchun tez-tez suvdan tashqariga chiqib turadi. Bunday paytlarda u dizel dvigateli bilan ishlaydi. Shu bilan birga bunday cheklanishlarsiz, ya’ni faqat atom energiyasi qurilmalari bilan ishlaydigan suvosti kemalari ham bor. Suv bosimi bosib qolmasligi uchun bunday kemalar odatda 150-200 metr chuqurlikdan pastga ketmaydi. «Batiskof» deb atalgan boshqa bir suvosti kemasi esa yanada chuqurroq suvosti sharoitlarida «mehnat qilishi» mumkin. Lekin uning vazifalari ham boshqachadir. AQShda birinchi atom suvosti kemasi 1955 yilda qurilgan «Natilus» kemasidir. Atigi 5 kilogramm yadro yonilg’isi bilan bu kema 530.000 km. masofani bosib o’ta oldi. Rossiya floti dunyoda eng katta suv bsti kemasiga ega. Bu kemaning uzunligi deyarli 170 metr, og’irligi esa 25 tonnani tashkil etadi.