Suyunova Zamira Rajabovna

Suyunova Zamira Rajabovna (1958.27.6, kitob tumani) — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1999). Tosh- kent konservatoriyasini xor dirijyorli- gi ixtisosligi bo’yicha tugatgan (1981). O’zbek ashulachilik san’ati sirlarini G’. Toshmatov, K. Ismoilova, A. Ismo- ilovlardan o’rgangan. Dutorchi qizlar ansambli repertuari shakllanishida xo- Nanda (1979 y.dan), musiqa rahbari (1984 y.dan) va badiiy rahbar (1995-2002) si- fatida xizmatlari alohida. O’zbekiston davlat konservatoriyasida o’qituvchi, dosent (2004 y.dan). Jarangdor, butun diapazonida tiniq ovozga ega bo’lib, maqom yo’llari («Dugoh Husayn», «Savti Chorgoh», «Saraxbori Dugoh taronasi» va b.), xalq ashula, Yalla va laparlari («yo’l bo’lsin», «yoryor» va b.), ayniqsa, basta- korlar asarlari (G’.Toshmatovning «Bax- timdan», A. Ismoilovning «Oybuloq», «Bilmam, adashdimmi», «Alla», «ayol qalbi» va b.)ni nozik did bilan va ba- diiy ta’sirchan talqin etgan. S. shirali, mayin ovoz sohibasi. Bastakor sifatida bir qator («Vatan ishqi», «Alla», «gul ochilsa», «ona bo’lib» va b.) qo’shiq va ashulalar yaratgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi fonojamg’armasiga, 3 grammpla- stinka, bir necha audiokassetalarga yozil- gan. Uning hayoti va ijodiga bag’ishlangan telefilm va videofilmlar suratga olingan. Angliya, Frantsiya, Ispaniya va Germaniyada gastrodda bo’lgan.