Suyuq shisha

Suyuq shisha, eruvchan shisha — natriy yoki kaliy silikatlarning suvda- gi eritmasi. Umumiy formulasi Me2O nSiO2 (bu erda Me— Na yoki K). Kimyoviy faol, qattiq, suyuq va gazsimon modda- lar bilan reaktsiyaga kirishadi. Kislo- tabardosh tsement, silikat bo’yoq, g’ovak silikat mahsulotlar (filtrlar va h.k.), issiqni va tovushni izolyasiyalovchi ma- teriallar, olovbardosh kimyoviy tolalar ishlab chiqarish.da, yog’ochni chirishdan sa- klashda, elim sifatida (silikat elim) va b. maqsadlarda keng qo’llanadi (yana q. Shisha).