TABULATURA

TABULATURA (lotincha tabula — taxta, jadval) — 1) nota yo’zuvmning ilk shakllaridan. Muayyan cholg’u asbobiga mo’ljallangan bo’lib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Musulmon Sharqi musiqa ilmida 10-asr.dan ma’lum. Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, ashsheroziylar ud uchun, Komil Xorazmiy tanbur pardalariga moslashtirilgan Tabulaturalarni yaratgan; Yevropada 14-18 asrlarda qo’llanilib, organ, lyutnya, klavir kabi cholg’ular uchun mo’ljallangan; 2) klavishli musiqa cholg’u asboblari uchun qayta ishlangan ko’p ovozli vokalxor asarlar to’plami. 16-17-asrlarda joriy etilgan.