TABUN

TABUN (nemischa Tabun) (CH3)2N (C2H5O)P(O)CN — tsianofosfat kislota dimetilamidining etil efiri. Molekulyar modda 162,13. Rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi -50°, qaynash temperaturasi 230° ga yaqin (parchalanadi), uchuvchan, zichligi 1087 kg/ m3 (20° da). Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Fosfor oksixlorid ROS13 ga dimetilamin gidroxlorid, etil spirti va kaliy tsianid ta’sir ettirib olinadi. Tabun nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Havodagi miqdori 0,3 mg/l bo’lganda 1 min.da, 0,01 mg/l bo’lganda 2 minutda, kontsentrasiyasi 50 — 70 mg/kg li suyuq tomchi holdagisi teriga tekkanda kuchli zaharlanish ro’y beradi va o’limga olib keladi. T.dan saklanishda protivogaz va himoya kiyimi kiyish zarur.