Tacco (Tasso) Torkvato
Tacco (Tasso) Torkvato (1544.11.3, Sorrento — 1595.25.4, Rim) — italyan shoiri. Shoir Bernardo Tassoning o’g’li. Bolonya universitetini tugatgan (1565). Diniy ma’rifat ta’sirida falsafiy skeptisizmdan voz kechgan, sufiyona yo’ldan borgan. Asarlari klassisizm va barokko uslublarida yaratilgan. Turklar bilan Yevropa xalqlari orasida to’qnashuvlar sodir bo’lib turgan bir paytda Tacconing «Goffredo» tarixiy dostoni (1574-75; 1580) «ozod qilingan Quddus» nomida to’la nashr etilishi o’sha davr ijtimoiy hayotiga javob bo’lgan. Asarda Uyg’onish davri uchun xos bo’lgan gumanizm printsiplari bilan individualizm va kontrreformatsiya davri axloqi o’rtasidagi kurash o’zining yorqin ifodasini topgan (qayta ishlangan varianti «istilo qilingan Quddus», 1593). Tacconing «Aminta» pastoral dramasi (1573) bu janrning cho’qqisi bo’ldi. Asarda cho’pon Aminta va Silviya sevgisi orqali muhabbatning qudratli kuchi, Uyg’onish davri panteizmn haqidagi kurashlar ifodalangan. Bizga qadar Tacconing 28 falsafiy dialogi va she’riyat nazariyasiga oid ilmiy risolalari ham yetib kelgan. Tacco ijodi 17-18-asr G’arbiy Yevropa adabiyoti taraqqiyotida muhim rol o’ynagan. Volter, E.Spenser, J.Milton, Lope de Vega va boshqalar bevosita Tacco ijodi ta’sirida bo’lganlar.