TASHTDOR

TASHTDOR — Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatida (12-13-asrlar) Sulton xammomlari va hovuzlarining boshlig’i. Tashtdorning qo’l ostida bir necha G’ulom bo’lgan. Ular hukmdorga juda yaqin odamlar bo’lishgan. Masalan: Saljuqiylar sultoni Malikshoh (1072-92)ning Tashtdori — Xorazmshohlar sulolasi asoschisi Anushtegin bo’lgan; Alouddin Muhammad o’z Tashtdori Ayozni Malik darajasiga ko’tarib ixtiyoriga 10 ming otliq lashkar bergan. Ayozga yana jallodlik xizmatini ham berishgan. Jaloliddin Manguberdi ham Tashtdori — Jamoliddin Farruhga Malik unvonini bergan, u yana sultonning shaxsiy elchisi vazifasini bajargan. Ad.: Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan