TAVQE

TAVQE (Arabcha — shoh yorlig’i, farmoni, muhri) — xattotlik uslubi, Arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Shoh farmon va nishondari, qozixona, mahkama hujjatlari, asosan, Tavqeda bitilgan. Harflarning yarmi tekis chiziq, yarmi doyra chiziklar asosida yoziladi; yozuv tez bitilganligi uchun harflar, so’zlar qo’shilib yozilgan. Harflar shakllari suls yozuvinikiga o’xshab ketadi, ammo «Tavqe»da «alif» va harf tayoqchalari birmuncha kaltaroq, harflardagi egmalar yoy shaklida emas, ko’proq o’tkir burchak hosil qilib bukiladi. Nasx yozuvchi xattotlar Tavqeni oson egallagan. Ibn Muqla, Ibn Bavvob va boshqa xattotlar Tavqe xatining ustasidir. Ba’zi hollarda Qur’on suralari boshlanishi, keltirilgan ibora va jumlalar hamda kitob xotimalari shu xatda bitilgan.