TAVR TOG’LARI

TAVR TOG’LARI, Toros (turkcha Toros’lar) — Turkiyaning Janub qismidagi tog’ sistemasi. O’rta dengiz sohili bo’ylab taxminan 1000 kilometrga cho’zilgan. Kichik Osiyo va Sharqiy Tavr tog’liklarining Janubdagi tizmalar. Eng baland joyi 3726 metr (Temirqoziq cho’qqisi). Asosan, ohaktoshlardan, shuningdek, kristalli slanes va metamorfik jinslardan tuzilgan. Tavr tog’larining markazida ayrim cho’qqilarning balandligi 3000 metrdan yuqori, relefi Alp tipli, qadimgi muzliklarning izlari saqlangan. G’arbiy qismida karst landshafti uchraydi. Shimol yon bag’irlari tikanli butalar usadigan cho’l va dashtdan, Janub yon bagri sernam bo’lganligidan doim yashil o’rmon va butazorlardan iborat, yuqori qismi igna bargli o’rmonlar va Alp o’tloqlari bilan qoplangan. Tavr tog’larini Dajla, Furot daryolari kesib o’tadi. Milliy bog’lar tashkil etilgan.