TAVOF

TAVOF (Arabcha — atrofida aylanmoq) — Ka’ba atrofida aylanish jarayoni. Haj va Umra marosimlari tarkibiga kiradi. Umra qiluvchilar 1 marta, hajga kelganlar 3 marta Tavof amalini ado etadi. Boshqa paytlarda ham, ayniqsa, juma kunlari va Ramazon oyida, Makka axli va uning mehmonlari Ka’baga yuksak izzatehtirom yuzasidan uni Tavof qiladi. Tavofning shartlari namoznini shartlari kabidir. Tavof qilishda Ka’baga yaqinlashilgach, uning qora tosh joylashtirilgan burchagiga kelib, qo’lini unga qarata cho’zadi va imkoniyat bo’lsa o’padi. So’ng Ka’ba atrofida soat miliga qarshi tarzda 7 marta aylaniladi. Har safar maxsus duolar o’qilib, gunoxlar kechirilishi so’raladi.