TAVQ

TAVQ (Arabcha — qushlar bo’ynidagi halqa) — zargarlik buyumi; ayollarning bo’yniga taqiladigan taqinchoq. Tillabargak bilan ansambl hosil qiladi. Tavq bosma usulida 4 yaproqli gul va handasiy naqshlar bilan bezatilgan hamda la’l, shisha va boshqa ko’zlar qadash uchun uyachalar hosil qilingan to’rtburchak shaklidagi yaproqchalar va ularning o’rtasi (markazi)da joylashgan shokilalar bilan bezatilgan yulduzsimon yoki gul shaklidagi turunjdan tuzilgan. Orqa tomonining yuzasiga nafis o’simliksimon naqshlar tushirilgan. Tavqning o’zaro biriktirilgan yaproqchalarining atrofi durlar qatori bilan hoshiyalangan. Qadimdan 20-asr boshigacha Samarqand ustalari yaratgan quyma Tavqda qushning bo’rtma shakli aniq yaratilgani kuzatiladi, ularga turli shakldagi shokilalar (yulduz, Hilol bilan yulduz shakli, ba’zan tanga) osilgan. Davrlar o’tishi bilan shakli butunlay o’zgarib ketgan. Ba’zan uni xafa band deb ham ataydilar.