TABIIY GEOGRAFIK O’LKA

TABIIY GEOGRAFIK O’LKA – tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik birliklaridan. Tabiiy gegrafik o’lka yirik tabiiy hududiy majmua bo’lib, maydoni bir necha yuz ming kilometr kvadratdan million kilometr kvadratgacha bo’lishi mumkin. Tabiiy gegrafik o’lka ko’p hollarda makrorelef tuzilishi jihatidan yaxlit bo’lib, yer po’stining yirik morfostrukturasi (platforma, plita, qalkon, burmali o’lka)ga to’g’ri keladi. Masalan, Sharqiy Yevropa tekislik o’lkasi, O’rta Sibir yassitog’lik o’lkasi, O’rta Osiyo tekislik o’lkasi, O’rta Osiyo tog’li o’lkasi va hokazolar. Tabiiy gegrafik o’lkalarni aniqlashda orografik va morfostrukturaviy xususiyatlardan tashqari makroiqlim va atmosfera jarayonlarining makroregional xususiyatlari, kengliklar bo’ylab mintaqalanish kabi xususiyatlar ham e’tiborga olinadi.