TINCH-TOTUV YASHASHNING BESH PRINSIPI
TINCH-TOTUV YASHASHNING BESH PRINSIPI (hindcha pancha shila) — 1) hududiy butunlikni va mustaqillikni o’zaro hurmat qilish; 2) hujum qilmaslik; 3) birbirining ichki ishlariga aralashmaslik; 4) tenglik va o’zaro manfaatdorlik; 5) tinch-totuv yashash. Dastlab (1954-yil aprelda) Hindiston bilan Xitoyning Tibet rayoni o’rtasidagi savdo va aloqalari haqida, Hindiston va Xitoy tomonidan tuzilgan bitimning kirish qismida ifodalangan. Bu prinsiplar Bandung konferensiyasi (1955) qarorlari va boshqa xalqaro hujjatlarda aks ettirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- TINCHLIK
- Tinch okean
- Tinch// Tinichboy
- Tinchlik pedagogikasi
- TINCH OKEAN BURMALANISHI
- Tinch okean burmalanishi
- Tinchlik, xalqaro tinchlik
- Tinch okean geosinklinal mintaqasi





