TIZIMLI YONDOSHUV

TIZIMLI YONDOSHUV — XX asrning 50-60-yillarida shakllandi. Uning mohiyati – tarkibiy qismlarning o’zaro aloqalari va o’zaro ta‘sirini o’rganishdan iborat. U siyosatni o’zaro bog’liq elementlardan tarkib topgan yaxlit o’z-o’zini yangilay oluvchi, moslashuvchi tizim sifatida qaraydi. Asoschisi – T.Parsons (1902-1979) va E.Shilz (1911-yil). Ammo tizimli yondoshuv siyosatdagi ixtiloflarni, siyosiy madaniyatlarni, yetakchilik, inqiroz va inqilob vaziyatlarini o’rganishda deyarli qo’llanmaydi.