Tiss

Tiss (Taxus) — zarnobdoshlar oilasiga mansub ignabargli, doim yashil, ikki uyli, kamdankam bir uyli o’simliklar turkumi. Ignabarglari ketma-ket joylashgan; to’q yashil, yaltiroqbo’rtiqo’zakli. Changchili boshoqchalari bitta, sharsimon. Qubbasi ham bitta; unda rezavor mevaga o’xshash bir dona urug’bo’ladi. 10 turi ma’lum. Evropa, kichik va Sharqiy Osiyo, Kavkaz, Shim. Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda rezavor yoki chirimaydigan daraxt (T. baceata) o’stiriladi. T. ning yog’ochi qizg’ishjigarrang, yaltiroq o’zakli, mustahkam, qattiq, og’ir, yaxshi silliqlanadi, smola yo’li bo’lmaydi. Fanera tayyorlash, suv inshootlari qurish va mashinasozlikda ishlatiladi.