Tolay tovushqoni

Tolay tovushqoni, qum tovushqoni (Lepus tolai) — quyonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasi qumrangqo’ng’ir tusda (nomi shundan), kichik. Uz. 54 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha. O’zbekistonning deyarli hamma hududlarida, xususan pasttekisliklar, vohalar, tog’va tog’oldi zonalari, to’qaylardagi chakalakzorlarda, tog’archazorlarida uchraydi. Har xil o’t va butalar bilan oziklanadi. Yil davomida faol hayot kechiradi. Yilda bir nechtadan 2-5 marta bolalaydi. Go’shti va mo’ynasi uchun ovlanadi. Tartibsiz ovlanishi va yashash muhitining buzilishi tufayli bir qancha hududlarda yo’qolib ketgan yoki soni keskin kamaygan.