TOMAS EDUARD DONNALL

TOMAS EDUARD DONNALL (1920) — amerikalik gematolog, onkolog. Ilmiy ishlari qon yaratilishi buzilganda ko’mikni ko’chirib o’tkazish muammolariga oid; ko’chirib o’tkazilgan a’zo yoki to’qimalar ko’chib ketishining oldini olish uchun immunitetni susaytirish usuli (immunodepressiya programmasi) ni taklif etgan. Birinchi bo’lib odamda ko’mikni ko’chirib o’tkazishga muvaffaq bo’lgan (1956). Nobel mukofoti laureati (1990, J. E. Marri bilan hamkorlikda).