To‘rabek Dolimov (1936-2011) kim bo’lganini bilasizmi?
Dolimov To‘rabek No‘monovich (1936.18.8 — Toshkent – 2011.12.10) — geolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985) N. Dolimovning o‘g‘li.
ToshDUni tugatgan (1960). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965—83). 1973—74 yillarda O‘zbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi O‘rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sho‘ba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori (1987—95), O‘zMU rektori (1995 yildan) bo‘lib ishlagan.
Ilmiy ishlari burmalangan o‘lkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston «Xalq birligi» harakati raisi (1995 yildan), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).
O‘xshash so‘zlar
- To‘xtamurod Jo‘rayev (1934-2008) kim bo’lganini bilasizmi?
- Tog‘ay Murod (1948-2003) kim bo’lganini bilasizmi?
- Tohir Malik (1946-2019) kim bo’lganini bilasizmi?
- Tohir Qahhor (1953) kim bo’lganini bilasizmi?
- Tolib Yo‘ldosh (1919-2002) kim bo’lganini bilasizmi?
- Toshmuhammad Qori-Niyoziy (1897-1970) kim bo’lganini bilasizmi?
- Toshmuhammad Sarimsoqov (1915-1995) kim bo’lganini bilasizmi?
- Toshpo‘lat Ahmad (1942-2019) kim bo’lganini bilasizmi?


