Trog

Trog (nemischa trog – tog`ora) – tog` daryosining bir zamonlar muzlik o`ygan vodiysi. Vodiy tubi keng bo`lib, ma’lum balandlikkacha ikki yonbag`ri birdan tik ko`tarilib, vodiy yanada kengayadi va bir ozdan so`ng yana tik yonbag`ir boshlanadi.