TSINTSINNATI
TSINTSINNATI – AQShning Sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 331,3 ming kishi (2000). Ogayo daryosi bo’yidagi port. Temir yo’l va avtomobil yo’llari chorrahasi. AQShning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Stanoksozlik, aviatsiya dvigatellari ishlab chiqarish, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati (sovun va kir yuvish vositalari, kosmetika, dori-darmonlar ishlab chiqarish) rivojlangan. Oziq-ovqat, poligrafiya korxonalari ishlab turibdi. Muzeylar, universitet bor. Shaharga 1788 yilda asos solingan.