TSIN

TSIN — Xitoydagi imperatorlar sulolasi (miloddan avvalgi 221-207). Asoschisi — Tsin Shixuandi. Poytaxti — Syanyan shahri. Tsin hukmronligi davrida Xitoy tarixida ilk marotaba markazlashgan davlat tuzilgan; mamlakat hududi 36 ta okrugga taqsimlangan, ularni imperator tomonidan tayinlangan amaldorlar boshkargan. Shimol va Janubda olib borilgan tinimsiz urushlar, Buyuk Xitoy devori va ko’plab saroylarning qurilishi soliqlarning ko’payishiga sabab bo’lgan. Miloddan avvalgi 209 yil oxiri — 208 yil boshida mamlakatda xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan. Unga Chen Shen, U Guan, Lyuban va boshqalar rahbarlik qilgan. Miloddan avvalgi 207 yil oktabrda Lyu Ban armiyasi Syanyanni egallagan, Tsin sulolasi tugatilgan.