TSIN

TSIN – qadimgi Xitoy podsholigi. Miloddan avvalgi taxminan 10-asrda vujudga kelgan. Dastlab Chjou sulolasiga qaram bo’lgan. Uning tarkibiga hozirgi Shensi viloyatining g’arbi va shimoliy-g’arbiy qismi, Gansuning Sharqiy va Sichuanning shimoliy qismi kirgan. Chjango davrida (miloddan avvalgi 5-asrlar) Xitoyda Chjou monarxiyasidan mustaqil bo’lgan 7 ta eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan. Tsinning kuchayishi Shan Yan islohotlari bilan bog’liq bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-asr o’rtalarida boshqa podsholiklar bilan kurash boshlangan va miloddan avvalgi 221 yilga kelib ular bo’ysundirilgan. Buning natijasida markazlashgan Tsin imperiyasi barpo etilgan.