TSINLIN

TSINLIN — Xitoyning Sharqiy qismidagi tog’ tizmasi, sharqda Kunlun tog’lariga tutashib ketadi. Yantszi va Xuanxe daryolari oralig’idagi suvayirg’ich. Uzunligi 1000 kilometr, eng baland joyi 3666 metr. Ohaktosh va kristalli slaneslardan tuzilgan. Kuchli parchalangan, Sharqiy tizmalari to’rt tarmoqda bo’lingan. Shimoliy yon bag’ri tik, Janub esa qiya. Tsinlin shimolda mo’tadil mintaqa bilan Janubdagi subtropik iklimli yerlar o’rtasidagi muhim tabiiy to’siqdir. Shimoliy qismi kashtan tuproqli quruqdasht, qisman o’rmon. Janubda doim yashil subtropik aralash o’rmonlar bor. Tog’ oralig’idagi vodiylarda aholi zich.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.