Turdiyev Qo’chqor Ahmedovich

Turdiyev Qo’chqor Ahmedovich (1917.1.2, Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani Dardoq qishlog’i — 1992.4.8.) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan frontda. Janubiy G’arbiy front 38-armiyaning 47-tog’ o’qchi diviziyasida xizmat qilgan. Turdiyev 1941 yil 15 oktabrda Xarkov viloyatining Krasnokutsk rayoni Trudolyubovka qishlog’idagi jangda dushman DZOTini portlatib yuborgan. 1942 yil 27 martda qahramon unvoni berilgan. 1942 yil kichik leytenantlar kursini, 1943 yil Gomel harbiy piyodalar bilim yurtini tugatgan, vzvod va rotaga komandirlik qilgan. Urushdan keyin Andijon viloyatining «oyim» jamoa xo’jaligida sabzavotchilik, keyin sholichilik brigadasining boshlig’i bo’lib ishlagan. Toshkent shahridagi 59-maktab, Andijon viloyati Oyim qishlog’idagi 32-maktab va ko’chaga nomi berilgan.