UB SUNUR

UB SUNUR, Ubsa — Mongoliyaning shimoliy g’arbiy qismidagi oqmas sho’r ko’l. Shimoliy g’arbiy qismi Tiva (RF) hududida. Maydoni 3350 kilometr kvadrat, 753 metr balandlikda joylashgan. Sohillari tekis, cho’l landshaftli. Noyabrdan aprelgacha suvi muzlaydi. Ubsu nurga tes, Nariyngo’l daryolari quyiladi.