Ultrametamorfizm

Ultrametamorfizm (Ultra… va metamorfizm) — migmatitlar hosil bo’lishi kuzatiladigan regional metamorfizm. «Ultrametamorfizm» termini shved geologi P. Xolmkvist tomonidan (1909) kiritilgan. Ultrametamorfizm natijasida metamorfik jinslar (gneys, piroksenplagioklazli slanes va amfibolitlar) takroriy metamorfizmga uchraydi, 650-800° temperatura va 4-10 kbar litostatik bosimda granitlanish ro’y beradi. Bunda piroksenlar o’rnini shox aldamchilar, uning o’rnini esa biotit, plagioklazkaliyli dala shpati, kvars oladi va jinslarning umumiy kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Ultrametamorfizm jarayonida migmatitlar hosil qiladigan jinslarning granitlanishi anateksis (jinslarning issikdan erishi) ning kuchayishi va ularning uchuvchi komponentlarga to’yingan nrrdon magma bilan o’rin almashishi natijasida sodir bo’ladi. Ultrametamorfizm geosinklinal harakatchan zonalar taraqqiyotining orogenik bosqichida uchraydi.