Undiruvchi sanoat

Undiruvchi sanoat – xilma-xil xom ashyo va yoqilg`i undirish, qazib chiqarish bilan shug`ullanadigan ishlab chiqarish sohasi. Kon sanoati, yog`och tayyorlash, baliq ovlash, ovchilik va boshqalar undiruvchi sanoatning asosiy tarmoqlaridir.